Maktab direktoriga qo‘pol muomalada bo‘lgan IIB xodimiga huquqiy baho beriladi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda IIB xodimi piyodalar yo‘lakchasidan bolalarni o‘tkazayotgan maktab direktoriga qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat Samarqand viloyati Toyloq tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 3-maktab oldida sodir bo‘lgan.

Videoda o‘zini maktab direktori deb tanishtirgan shaxs ko‘chaning narigi tarafidan maktabga kelayotgan bolalarni piyodalar yo‘lakchasidan o‘tkazish uchun yo‘lning o‘rtasiga chiqib ikki tomondan harakatlanib kelayotgan mashinalarni to‘xtatgani tasvirlangan.

Реклама на Unews

Toyloq tumanida IIB xodimi va maktab direktori o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik holati viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqilib, natijasi jamoatchilikka ma’lum qilinadi. O‘rganishga OAV vakillari ham jalb etiladi. Bundan tashqari, yo‘l harakati qoidalarini buzilganligi holati ham YHXB tomonidan ko‘rib chiqiladi, deyilgan xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring