Magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlarga murojaat qildi, deb yozmoqda "Sof.uz " nashri.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun magistr.edu.uz - onlayn ariza topshirish tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan, biroq, oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshiruv natijasi bo‘yicha turli sabablarga ko‘ra ARIZALARI RAD ETILGAN abituriyentlarga hujjatlaridagi mavjud kamchiliklarni joriy yilning 4 avgust kuni soat 11.00 dan 6 avgust kuni soat 11.00 ga qadar qayta tahrirlashlari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan imkoniyat yaratiladi.

Ushbu vaqt davomida kamchiliklarni to‘liq bartaraf etmagan abituriyentlarning arizalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda ular kirish imtihonlariga kiritilmaydi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring