Londonda koronavirus yuqtirgan Armaniston prezidentining ahvoli og`irlashdi

Armaniston Prezidenti Yangi yilni Londonda oilasi va nabiralari bilan kutib olgan edi. 5 yanvar kuni Armanistonning "Armenpress" davlat axborot agentligi Prezident Londondagi ta`tili davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganini ma`lum qildi.

Interfaksning xabariga ko`ra ayni kunlarda Armaniston prezidenti Armen Sarkissianning ahvoli og`ir. Shifokorlar Sarkissianning holati yuzasidan quyidagilarni ma`lum qilgan:

"Koronavirus infeksiyasi tufayli izolyasiya qilingan Armaniston Prezidentining kasalligi og`ir shaklda, ushbu holatga xos xavfli alomatlar mavjud. Prezidentni davolashni nazorat ostida davom ettiramiz".

Реклама на Unews

Prezident Matbuot xizmati xabariga ko`ra, "vaziyat barqarorlashgandan va shifokorlarning ruxsatidan so`ng Armaniston prezidenti Erevanga qaytadi".

Ma`lumot uchun, Amerikaning Jons Xopkins universiteti, Armanistonda jami 161 415 koronavirus kasalligi aniqlangani, 2 908 kishi vafot etganini e`lon qildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring