London universiteti olimlari Koronavirusning eng aniq belgisini aniqlshdi!

London Universitet kolleji (UCL) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni aniq koʻrsatdiki, hid sezish yoʻqolishi koronavirus infeksiyasining nihoyatda aniq va balki asosiy alomatidir. 

Aprel oyida shifokorlar taʼm yoki hid sezish qobiliyatining yoʻqolishi infeksiyalanishdan darak berishi mumkinligini anglab yetishgandi, may oyi oʻrtalariga kelib esa bu koronavirus alomati ekani rasmiy tan olindi.

Amaldagi qoidalarga muvofiq, bunday alomat kuzatilgan odamlar darhol oʻzini yakkalash tartibiga oʻtishi va koronavirusga tahlil topshirishi kerak. Biroq hanuz yoʻtal va yuqori isitma asosiy belgi sifatida hisoblab kelingan.

Реклама на Unews

Yil boshida hid sezish qobiliyatini yoʻqotgan 590 kishini tekshirgan UCL mutaxassislarining fikriga koʻra, endilikda aynan hid sezish qobiliyati yoʻqolishini kasallik yengil shaklda oʻtsa ham, virus yuqtirishning asosiy alomati deb hisoblash zarur.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring