Lola Karimova-Tillayeva o‘ziga taxallus tanladi. Unda otasining familiyasi yo‘q...

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti marhum Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘ziga taxallus tanladi.

Lola Tillayeva "Real Leaders" jurnali uchun inqiroz paytida psixologik yordam berish usullari to‘g‘risida maqola yozdi. Bu haqda Lola Karimova “Instagram"dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Real Leaders" jurnalining yangi sonida siz inqiroz paytida psixologik yordam berish usullari haqida gapirib beradigan maqolamni topishingiz mumkin. To‘liq maqolani "Real Leaders" veb-saytidan o‘qing, - deb yozadi Lola ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Реклама на Unews

Ta’kidlash joizki, Islom Karimovning qizi endi ingliz tilida yozadigan maqola va tadqiqotlarini «Lola Till» imzosi bilan chop etadi.

«Lola Till» - mening asarlarim, kitoblarim va boshqa ilmiy maqolalarim uchun ingliz tilida mening mualliflik taxallusimdir, - deya izohladi Lola Karimova-Tillayeva.

Ma’lumot uchun, Islom Karimov vafotidan so‘ng Lola Karimova-Tillayeva eri va uch nafar farzandi bilan AQShdan qo‘nim topib, o‘sha yerda yashamoqda. 

Реклама на Unews

Kichik Karimova 2017 yildan beri O‘zbekistonga kelgani yo‘q. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 05-10-2020 Бу дуне жуда кизик.

    Гохида Тугишгандан Тутинган афзал. Каримовни хурмат килиб минглаб инсонлар фарзандига. Исломжон деб исм куйишди. Шуни узи етарли деб уйлайман.

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish