Levandovski «Barselona»ga o`tmoqchi

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Germaniya Bundesligasini tark etib, Ispaniya La Ligasiga ko`chib o`tish fikridan qaytmayapti.

Diario Sport xabariga ko`ra, polshalik 33 yoshli forvard yozgi transfer oynasida Myunxen klubini tark etishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, Levandovski «Barselona» safiga o`tishni xohlamoqda. U faoliyatida o`zgarish qilishni istamoqda va yozgi transfer oynasida buni amalga oshirmoqchi. 

Nashr xabariga ko`ra, «Barselona» 33 yoshli hujumchiga 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Реклама на Unews

Avvalroq, Levandovskining «Bavariya» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayotgani, hujumchiga «Atletiko» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingan edi. Forvardning myunxenliklar bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilga qadar belgilangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring