Latifabop «jinoyat» ortidan yolg‘iz ota qamaldi

Go‘yo ukraincha qo‘shiq eshitgani uchun Anton Usovga nisbatan sud qarori: 15 sutka qamoq va 50 ming rubl (taxminan 9 mln so‘m) jarima!

24lifeblog.com internet nashri xabar berishicha, voqea 12 oktyabr kuni Moskva shahrida sodir bo‘lgan. Yo‘l patrul xizmati xodimlari avtomobilni boshqarib borayotgan poytaxtlik Anton Usovni to‘xtatishgan. 

Politsiya xodimlari ko‘rsatma berishicha, mashina ichidan ukraincha qo‘shiq yangragan. Shunda ikki tomon o‘rtasida bahs yuzaga kelgan. Haydovchini avvaliga shahar politsiya bo‘limiga olib kelishgan, shu yerda ikkita protokol tuzilgan. U politsiya talablariga bo‘ysunmaganlik va Rossiya armiyasining Ukrainadagi xatti-harakatlarini «obro‘sizlantirganlik» moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan. Suddan so‘ng Usovni «Mnevniki» qamoqni o‘tash manziliga jo‘natishgan.

Реклама на Unews

Qaramog‘ida 4 nafar farzandi bo‘lgan sudlanuvchi yolg‘iz ota ekani xabarda ta’kidlangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring