Kuz-qish mavsumi qachondan boshlanishi ma`lum bo`ldi. Endi issiqlik uchun to`lovlar kunbay bo`ladi

Bugun AOKA majlislar zalida "Ko`p kvartirali uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob`ektlarini 2020/2021 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlash masalalari"ga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan “Toshissiqquvati” DUK bosh muhandisi Aziz KARIMBEKOV quyidagi muhim mavzular bo`yicha ma`lumotlar berdi:

KARANTIN DAVRIDA TO`LANMAGAN QARZDORLIKLAR UChUN PENYa HISOBLANADIMI?

Bu yilgi pandemiya sharoitini hisobga olib, ko`p qavatli uylardagi aholi to`lanmagan qarzdorliklar uchun issiqlik ta`minotidan uzib qo`yilmadi. Shuningdek, kechiktirilgan qarzdorliklar uchun ham penya hisoblanmadi.

Реклама на Unews

ISITISh MAVSUMI QAChONDAN BOShLANADI?

Biz kuz-qish mavsumiga tayyormiz. Hozirda O`zgidrometsentr bilan ob-havo masalalari bo`yicha hamkorlik yo`lga qo`yganmiz. Ular bizga taqdim qilgan ma`lumotlar asosida agar harorat kechasi 8-10, kunduzi 22-24 darajadan tushganligi aniqlansa, biz 10 oktyabrga qadar isitish tizimlarini ishga tushirishga tayyormiz. 

ISSIQLIK UChUN TO`LOV KUNBAY BO`LADI

Реклама на Unews

Shu paytgacha issiqlik ta`minoti 140 kun etib belgilangan bo`lib, to`lov bir yilga bo`lib yuborilar edi. Endi aholi faqatgina ishlatilgan issiqlik ta`minoti uchun kunbay to`lov qiladi. Ya`ni, agar bahor-yoz mavsumida kunlar ertaroq isishni boshlasa, issiqlik ta`minotidan uzilgan kungacha to`lovlarni amalga oshirishadi. Mavsum kechiksa, aksincha. To`lov miqdorlari hozircha aniq emas. Tez orada bu miqdor ishlab chiqiladi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring