Ko`tariladigan dollar, imtiyozga mas`uliyatsiz “UzAutoMotors”, qisqaradigan xodimlar shtatlari va... 2021 yil byudjetnomasi bizni nimasi bilan xursand qiladi?

O`zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonuni loyihasi va 2021 yil uchun Byudjetnoma bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi tayyorlandi. Unda keltirilgan prognozlardan barcha uchun qiziq bo`lgan ayrim ko`rsatkichlar haqida ma`lumot berishni joiz topdik.

DOLLAR KURSI 11 000 SO`MGA KO`TARILIShI MUMKIN

2021 yil uchun davlat byudjeti daromadlarini prognozi sezilarli ta`sir ko`rsatuvchi narx va valyuta kurslarning o`rtacha miqdorlari asosida hisob-kitob qilingan. Jumladan, prognozlarda valyuta kursi (1 AQSh dollarining o`rtacha yillik summasi — 11 000 so`m), strategik mahsulotlarning narxlari (1 unsiya oltin narxi — 1 750 AQSh dollari, kumushning narxi — 15 AQSh dollar, misning 1 tonnasiga 6 000 AQSh dollari, tabiiy gazning narxi — 75 AQSh dollar) o`zgarishi inobatga olingan.

Реклама на Unews

“UZAUTO MOTORS” AJ TOMONIDAN BYuDJETGA 582,6 MLRD. SO`M YIG`IM TO`LANMAGAN

O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 460-moddasida avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O`zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig`im mamlakatning o`zida ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari sotib olinganda, yig`im qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan to`lanishi belgilangan. Biroq “O`zavtosanoat” AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2020 yil davomida yig`im to`lanmasdan kelinmoqda. Masalan, “UzAuto Motors” AJ tomonidan 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 582,6 mlrd. so`m yig`im to`lanmagan. Shu sababli Hisob palatasi “O`zavtosanoat” AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilarni yig`im to`lashdan ozod etishni belgilovchi imtiyozni qayta ko`rib chiqish maqsadga muvofiqligini ta`kidlamoqda.

Ma`lumot o`rnida

Реклама на Unews

Davlat byudjetining umumiy daromadlari:

2020 yilda 129 575 mlrd. so`mni (YaIMga nisbatan 22%);

2021 yilda 147 002 mlrd. so`mni (YaIMga nisbatan 21,3%);

2022 yilda 173 550 mlrd. so`mni (20,4%);

2023 yilga mo`ljal 200 708 mlrd. so`mni (20,2%) tashkil etishi kutilmoqda.

BA`ZI XODIMLAR ShTAT BIRLIGI QISQARTIRILADI

2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining shtat birliklarini 10 foizga qisqartirish ko`zda tutilmoqda. Natijada 550 mlrd. so`m byudjet mablag`lari tejalishi kutilmoqda.

SOLIQDA NIMA GAPLAR?

2021 yil uchun qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha amaldagi soliq stavkasi 15 foiz miqdorida, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i stavkasi 12 foiz miqdorida va fuqarolarning ShJBPHga yo`naltiriladigan ajratmalar miqdori 0,1 foiz miqdorida (12 foizli daromad solig`i tarkibiga kiritilgan) hamda o`zini-o`zi band qilgan shaxslar daromad solig`ini to`lashdan ozod qilinishi saqlab qolinmoqda. Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 16 sentyabr kuni o`tkazilgan yig`ilishning 84-sonli bayonni 12-bandida 2021 yil davlat byudjet parametrlarini belgilashda suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkasini 2021 yilda 50 foizga pasaytirilgan holda belgilashni nazarda tutish qayd etilgan.

TAKLIF VA MULOHAZALAR

Byudjetnoma loyihasi bilan taqdim etilgan 2021-2023 yillarga mo`ljallangan fiskal siyosatda mahalliy byudjetlar daromadlarining etarliligini oshirish maqsadida:

  • avtotransport vositalari egalaridan dvigatelning quvvatidan kelib chiqib (maxsus avtotransportlardan tashqari) qat`iy belgilangan summada undiriladigan majburiy yig`imni joriy etish;
  • benzin, dizel yoqilg`isi, siqilgan va suyultirilgan gaz quyish shoxobchalari orqali sotilgan har bir litr yoki kub. metr yoqilg`i uchun 25 so`mdan yig`im joriy etish, bunda xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlariga yig`imni oshirish huquqini berish (lekin 2 baravardan ko`p bo`lmagan miqdorda);
  • shuningdek, pandemiya davrida aholini samarali ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlarining keskin pasayib ketganligi hamda koronavirus pandemiyasining davom etayotganligini inobatga olib, mintaqaviy yo`llarni rivojlantirishga maxsus yig`im hamda avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig`imni joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring