Koronavirusning yuqumliligi sababi aniqlandi

Koronavirus SARS-CoV-2’ning oqsil “tojlari” organizmga kirish uchun 10 ta turli shaklga aylana oladi. Buni britaniyalik olimlar tadqiqot davomida aniqlashdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Frensis Krik instituti olimlari guruhi laboratoriya tajribasi o‘tkazib, virus “tojlari” hujayralarga mahkam birikish uchun turli shakllarga kirishi mumkinligini aniqlashdi. “Grippning ham, OIVning ham bunday murakkab kirish mexanizmi yo‘q”, deb aytilgan tadqiqotda.

Koronavirusning tojlari laboratoriya sharoitlarida turli shakllarga juda tez – 60 soniyada kira olgan. Biroq real sharoitlarda unga buning uchun ko‘proq vaqt talab etiladi.

Olimlarning fikricha, koronavirus o‘zini antitanalar tomonidan aniqlanishdan himoyalash uchun shunday transformatsiya qiladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu tadqiqot virusning bunchalik yuqumli ekani va unga qarshi qanday kurashish kerakligini tushunishda yordam beradi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 04-10-2020 АБЛАХ ВИРУС ЭКАН..КАНЧА ОДАМНИ БОШИНИ ЕДИ.

    Улганларни оллох рахмат килсин.тезрок бу балолар кетсин

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish