Koronavirusning yangi turi qaerda, qachon paydo bo`ldi?

Koronavirusning yangi shtammi sentyabr oyida Angliyaning janubi-sharqida topilgan. O`shandan beri u ko`plab hududlarga tarqaldi, deya yozdi interfax.

Xabarga ko`ra, hozirda uning qanchalik tez tarqalishini va bu shtammning o`zi yoki turli xil omillarning kombinasiyasi bilan bog`liqligini yaxshiroq tushunish uchun izlanishlar olib borilmoqda.

Virusning ushbu mutasiyasi Angliyada sentyabrdan beri aylanib yurgan bo`lsa-da, faqat o`tgan hafta, rasmiylar shtamm boshqa turlarga qaraganda yuqumli ekanligini da`vo qilish uchun etarli dalillarga ega ekanligini his qilishdi, deya xabar beradi Associated Press.

Реклама на Unews

Biroq, ular ushbu shtamm Buyuk Britaniyada yuzaga kelganiga amin emaslar. Ammo Londonda yangi yuqtirish holatlarining 60 foizga yaqini shu tufayli yuzaga keladi, dedi Buyuk Britaniya hukumatining fan bo`yicha bosh maslahatchisi Patrik Vallans.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring