Koronavirusning yangi simptomi ma`lum qilindi

Yurakning tez urishi koronavirus infeksiyasi belgisi bo`lishi mumkin, deya xabar berdi COVID Symptom Study ma`lumotlariga asoslanib ria.ru.

Ta`kidlanishicha, tadqiqot doirasida dunyodagi to`rt milliondan ortiq ishtirokchilarning ma`lumotlari mobil ilova yordamida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko`rsatdiki, COVID-19 yurak urishining tartibsiz yoki yuqori bo`lishiga olib kelishi mumkin (daqiqasida 100 martadan ortiq).

Pulsni o`lchashda xatolikka yo`l qo`ymaslik uchun uni tinch holatda o`lchash kerak. Ya`ni pulsni o`lchashdan oldin besh daqiqa davomida dam olish, qo`shimcha stress omillarini yoki jismoniy kuchlarni yo`q qilish tavsiya etiladi. Tinch holatdagi oddiy yurak urish tezligi daqiqada 60 dan 100 gacha bo`ladi. 

Реклама на Unews

Shuningdek, mutaxassislarning ta`kidlashlaricha, agar yurak urishi tez-tez takrorlanib turadigan yoki yuqori darajadagi yurak urishi aniqlansa va yurak bilan bog`liq har qanday patologiyalar ilgari aniqlanmagan bo`lsa, bu havotirli hisoblanadi.  

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring