Koronavirusni o‘ldiradigan niqob yaratildi

Fransiyada koronavirusni zararsizlantiradigan niqob yaratildi. Bu haqda “BioSerenity” kompaniyasi maʼlum qildi. BFMTV telekanalining xabariga ko‘ra, himoya vositasini Lill universiteti shifoxonasi, Fransiya salomatlik va tibbiy tadqiqotlar milliy instituti hamda ilmiy tadqiqotlar milliy markazi mutaxassislari birgalikda ishlab chiqdilar, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Maʼlum qilinishicha, niqob havodagi viruslarni bloklab, halok qiladi. Ushbu bir martalik himoya vositasidan 40 soatgacha foydalanish mumkin.

Kompaniyaning taʼkidlashicha, virusni yo‘q qilish samaradorligini maxsus to‘qima qatlami taʼminlaydi. U virusni ikkita molekula — siklodestrin va to‘rtlamchi ammiak yordamida yo‘q qiladi.

Niqob 16 fevraldan sotuvga chiqarilgan. Narxi — 1,49 yevro. Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar niqobning «jarrohlik namunasini» ishlab chiqarib, 44 sentdan sotishni rejalashtirmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring