Koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi samarali dori yaratildi

Polshaning “Biomed Lublin” farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi samarali dori vositasini yaratganini ma’lum qildi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

“Preparat tarkibida koronavirusni zararsizlantira oladigan antitanachalar mavjud bo‘lib, ular “Covid-19”dan tuzalgan odamlarning plazmasi asosida yaratilgan”, deyiladi “Polskie Radio” xabarida.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda preparatning birinchi partiyasini to‘ldirish jarayoni tugallangan bo‘lib, endilikda u klinik sinovlardan o‘tishi kerak.

Oldinroq ushbu dorining samaradorligi Krakovdagi Malopolsk biotexnologiya markazidagi professor Kshishtof Pirs laboratoriyasida o‘rganilgan edi. Olingan dastlabki natijalarga preparat virusni «juda yuqori darajada» to‘xtatib turishini ko‘rsatgan. Uni yaratish ustida ishlar mart oyida boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda dunyoda “Covid-19”ga qarshi 200dan ortiq potensial vaksinalar ishlab chiqilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring