Koronavirusdan tuzalgan bemor kasallikning kuchliroq ko‘rinishiga chalinishi mumkinmi?

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva aholidan tushgan muhim savollarga javob berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Kasallanib tuzalgandan so‘ng ham koronovirus mutasiyaga uchrashi va kasallikning boshqa turi paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud. Tuzalgandan so‘ng ham niqobda yurish, uning boshqa o‘ta havfliroq turidan himoyalanish uchun kerak.

Kuz va qish mavsumida bu virus o‘z virulentligini, ya’ni kasallik chaqirish qobiliyatini yanada kuchaytirishi va o‘ta havfliroq kechuvi kuzatilish mumkinligi haqida dunyo olimlari ogohlantirmoqdalar.

Реклама на Unews

O‘pka jarohatlanishlari kuzatilgan bemorlarga rivojlangan davlatlar olimlari va shifokorlari  tiklanish davri uchun nogironlik tayinlashni ham tavsiya qilmoqdalar, sababi ularning o‘pka alveolalari fibroz to‘qimalar bilan qoplanishi mumkin, bu to‘qimalar esa alveolalarni orqaga tiklanishiga to‘sqinlik qiladi.

Agar jarohatlangan to‘qimalar fibroz to‘qima bilan to‘liq qoplanmagan bo‘lsa, ular sekin-asta tiklanadi. 

Organizmning qayta tiklanish mexanizmi mavjud bo‘lib, bemor doimiy ravishda shifokor nazoratida turib reabilitasiya muolajalarini bajarishi kerak, ya’ni nafas mashqlarini muntazzam bajarib tursalar, ruhiyat va asab tizimini ijobiy tomonga qaratgan xolda qayta tiklanishga ishonch bilan qarashlik ham bu jarohatlanishlardan tezroq tuzalishga yordam beradi.

Реклама на Unews

Ishlaydigan ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida xususiy bolalar bog‘chasi va maktablar faoliyatiga ruxsat berildi. Biroq bu barcha MTM ishlashini anglatmaydi. Faqatgina sanitariya qoidalari va talablariga to‘liq rioya qiladigan bog‘chalar ishlaydi. 

SSV mutaxassislari tomonidan tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda "Bolalar bog‘chasi va maktablar faoliyatini boshlash uchun sanitariya qoidalari, me’yorlari va talablari" tasdiqlandi.

Dori vositalarini qabul qilgandan so‘ng organizm uzoq vaqt tozalanadi yoki tiklanadi. Dori va nafas shaklidagi jismoniy mashqlar  o‘z vaqtida qo‘llanilganda samarali bo‘ladi. Bemorning ahvoli dorilar bilan davolash kerak deb baholansa, ularni qisqa muddatga tayinlashga majburmiz. Ikkala muolajani ham sog‘ayish maqsadida parallel, birgalikda olib borish esa yanada yaxshi va tezroq natijaga erishishga yordam beradi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring