BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Koronavirusdan o‘lim xavfini kamaytiruvchi "manba"ni bilasizmi?

Amerikalik olimlar koronavirusdan o‘lim darajasini sezirali darajada kamaytiruvchi omilni aytishdi. Boston Tibbiyot maktabi tadqiqotchilari o‘z ilmiy ishlarini PLOS ONE jurnalida e’lon qilishdi.

 

Mutaxassislarning fikricha, qonida yetarli darajada D vitamini bo‘lgan bemorlar orasida koronavirusdan o‘lim darajasi sezilarli daraja kam bo‘larkan. Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, qirq yoshdan oshgan, biroq, qonida yetarli darajada D vitamini bo‘lgan bemorlarda o‘lim ko‘rsatkichlari boshqalarga nisbatan 51,4 foyizga kamroq ekani aniqlangan. Olimlar D vitamini sitokinlar hujumi asoratlarining oldini olishda ham yordam berishini aytishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, D vitamini sut va sut mahsulotlarida, baliq yog‘i, uvildirig‘i (ikrasi) va jigarida, tuxum sarig‘ida, kartoshkada, petrushkada va boshqa ko‘plab mahsulotlarda uchraydi. Shuningdek, quyosh nurida yetarli darajada toblanish ham organizmda D vitaminini hosil qilishi aniqlangan.

Ilgariroq, Rokfeller universiteti (AQSh) olimlari COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim holatlari asosan immun tizimining buzilishi bilan bog‘liq ekanini aytishgandi. Tadqiqotchioar xulosasiga ko‘ra, COVID-19 ning og‘ir formasiga chalingan bemorlar tekshirib ko‘rilganda, ularning 3,5 foizida viruslarga qarshi himoyada ishtirok etuvchi genlar mutasiyaga uchragani aniqlangan.

Akula "COVID"ga davomi? Vaksina uchun qancha akula o‘ldirilishi mumkinligi aytildi! Kaliforniyada akulalarni himoya qilish guruhi ekspertlar koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun 500 ming bosh akula o‘ldirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi. Ta’kidlanishicha, akula jigarida hosil bo‘ladigan skvalen moddasi ayrim COVID -19 vaksinalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Buyuk Britaniya GlaxoSmithKline farmasevtika kompaniyasi grippga qarshi vaksina tayyorlashda akula jigaridan olinadi skvalen moddasidan foydalanadi. Kompaniya may oyida koronavirusga qarshi vaksinalarda ushbu qo‘shilmani tayyorlash uchun milliard dozani ishlab chiqarish rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. Shark Allies akula himoyachilari guruhining ma’lum qilishicha, dunyodagi barcha odamlar skvalen o‘z ichiga olgan COVID-19 vaksina bilan emlanishi uchun taxminan 250 000 akulani o‘ldirish kerak bo‘ladi, agar har bir kishiga ikkita emlash kerak bo‘lsa, bu hisob ikki baravarga ko‘payadi. Ammo, GlaxoSmithKline vakili kompaniyaning "atrof-muhitni asrash tamoyillariga qat’iy rioya qilishi va iloji boricha muqobil xomashyo manbalaridan foydalanish yo‘llarini o‘rganishini" ta’kidladi. Iyul oyi boshida Buyuk Britaniya hukumati ikki farmasevtika kompaniyasi - Fransiyaning Sanofi va Britaniyaning GlaxoSmithKline (GSK) bilan 60 million doza COVID -19ga qarshi vaksina yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzdi. Yil oxiriga qadar kompaniyalar koronavirusga qarshi vaksinani klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshlashga umid qilmoqda. Aprel oyida Sanofi va GlaxoSmithKline (GSK) kompaniyalari birgalikda koronavirusga qarshi vaksina yaratishini ma’lum qildi.
Koronavirusning eng xavfli jihati ma’lum qilindi! Yangi turdagi koronavirus SARS-CoV-2’ning eng xavfli jihati uning yuqori darajada yuquvchanligi hisoblanadi. Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan ma’lum qildi, deb xabar berdi “Xuansyuvan” portali. Professorning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki MERS koronavirusidan tezroq va osonroq yuqadi. Shu sababli bu infeksiyaga qarshi kurashish uchun 4 ta komponent: erta himoya, infeksiyani erta aniqlash, erta tashxis va erta izolyatsiya zarur. Erta himoya ostida niqob va qo‘lqoplar taqib yurish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofaga rioya qilish ko‘zda tutiladi. Bu choralar insonni himoyalaydi, chunki koronavirus bevosita aloqalar yoki yuzalar orqali yuqadi. Koronavirusni erta aniqlash uchun gavjum joylarda tana haroratini o‘lchash zarur. Shuningdek, shubhali alomatlar paydo bo‘lganda darhol shifokorlarga murojaat qilish kerak. Bunday alomatlarga o‘zini yomon his qilish, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va noodatiy toliqish kiradi. Erta tashxis shifoxonalarda koronavirusga chalinganlarni boshqa bemorlar bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Mutaxassisning aytishicha, buning uchun ambulator sharoitlarda ko‘rik o‘tkazish lozim. O‘z navbatida, erta izolyatsiyalash kasallangan odamning sog‘lom odamlar bilan aloqalarini minimallashtiradi. Avvalroq amerikalik olimlar SARS-CoV-2’ning o‘ta yuquvchanligi sababini aniqlashganini ma’lum qilishgandi. Ularning ta’kidlashicha, yangi turdagi koronavirus boshqa koronaviruslar: atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-1 va inson uchun xavfsiz HCoV-HKU1’ning genomlarini o‘zida mujassamlagan. Atipik zotiljam virusi uncha yuqumli bo‘lmay, biroq undan o‘lish darajasi yuqori. HCoV-HKU1, aksincha, o‘ta yuqumli bo‘lib, biroq deyarli bezarar hisoblanadi.

Fikr qoldiring