Koronavirus: Qo‘shnilarda ahvol qanday?

2020 yil 12 may 23:59 holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 5417 kishiga yetdi,  deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.
Bemorlarning 2223 nafari butunlay tuzalib ketdi. 32 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020 yil 13 may 10:00 holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 7 taga oshib, jami 1044 nafarni tashkil etmoqda.
Bemorlarning 726 nafari tuzalgan, 12 kishi vafot etgan.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 729 kishini tashkil etmoqda. Bemorlarning 23 nafari vafot etdi.

Afg‘onistonda 4963 nafar bemorda koronavirus aniqlangan, ularning 127 nafari vafot etgan, 610 kishi sog‘aygan.
Turkmanistonda esa hali rasman koronavirusga chalinganlar qayd qilinmadi.

Toshkent hokimligi aholini ogohlantirdi

Navoiydagi masjid sel ostida qoldi (FOTO)

Реклама на Unews

Behzod Musayev Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lishi kutilyapti

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring