Koronavirus pandemiyasi shu yil bekor qilinishi mumkin

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ta`kidlashicha, joriy yilgi COVID-19 pandemiyasi yakunlanishi kutilmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Uning fikriga ko`ra, hozir dunyoda epidemiologik vaziyat nisbatan barqaror. So`nggi haftalarda kasallanish va o`lim ko`rsatkichlari pandemiya boshlangan ilk kunlarga nisbatan sezilarli darajada kam.

 2023 yilning qaysidir nuqtasida biz COVID-19 pandemiyasini bekor qilishimizga ishonchim komil, — dedi T. Gebreyesus.

Реклама на Unews

Shunga qaramay, hali xotirjamlikka berilishga biroz erta. Mutaxassislar xulosasiga ko`ra, kelgusida koronavirusning yangi mutasiyalari paydo bo`lib, pandemiyaning yangi to`lqinini avj olmasligiga kafolat yo`q.

Shu bois, barcha aholi qatlami, ayniqsa, xavf guruhiga mansub kishilar to`liq bosqichda va buster dozada emlanishlari kerak. Bu — jamoaviy immunitetni kuchaytirish orqali kasallikni to`laqonli jilovlashda muhim.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring