Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi — «Bloomberg» tahlili

Jahonda koronavirus pandemiyasi tugashi uchun Yer aholisining 75 foizi vaksinalanishi shart. Emlash kampaniyasi hozirgi taxlitda davom etadigan bo‘lsa, buning uchun 7 yil ketadi, deyishmoqda «Bloomberg» ekspertlarim, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Yuqoridagi ekspertlarga ko‘ra, Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari maqsadga eng yaqin turibdi — bu mamlakatlarda aholining aksariyat qismini yana ikki oy ichida vaksinalashga ulgurishadi. Keyingi o‘rinda — AQSh: garchi emlash jarayoni shtatdan shtatga farqlansa-da, umuman olganda, mamlakat bo‘ylab aholining asosiy qismini shu yil ichida vaksinalashga ulgurishadi.

Aholisining 75 foizini vaksina bilan emlash (hozirgi sur’at saqlanib tursa):

Реклама на Unews

  • Italiyada — 2,5 yil;
  • Germaniyada — 3,1 yil;
  • Fransiyada — 3,8 yil;
  • Xitoyda — 5,5 yil;
  • Kanada, Rossiya, Hindistonda — 10 yilgacha cho‘zilishi kutilyapti.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring