Koronavirus: O`zbekiston shifoxonalarida davolanayotganlar 3800 nafardan oshdi, yana ikki kishi vafot etdi

2021 yil 20 may holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97856 (+313) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

-14 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

Реклама на Unews

-7 nafari Andijon viloyatida,

-5 nafari Buxoro viloyatida,

-3 nafari Jizzax viloyatida,

Реклама на Unews

-3 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-3 nafari Navoiy viloyatida,

-6 nafari Namangan viloyatida,

-36 nafari Samarqand viloyatida,

-6 nafari Sirdaryo viloyatida,

-6 nafari Farg`ona viloyatida,

-1 nafari Xorazm viloyatida,

-47 nafari Toshkent viloyatida,

-176 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

-Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar,

-Buxoro viloyatida 2 nafar,

-Jizzax viloyatida 8 nafar,

-Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,

-Navoiy viloyatida 2 nafar,

-Namangan viloyatida 6 nafar,

-Samarqand viloyatida 34 nafar,

-Sirdaryo viloyatida 16 nafar,

-Farg`ona viloyatida 6 nafar,

-Xorazm viloyatida 4 nafar,

-Toshkent shahrida 175 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 93339 (+268) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 678 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3839 nafar bemor davolanmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring