Koronavirus kasalligiga chalinganlar qay tartibda ovqatlanishlari kerak?

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi:

🔸Koronavirus kasalligini yengish uchun yaxshi ovqatlanishni tavsiya etamiz. Lekin bu degani baquvvat, yog‘li, qovurilgan yoki qiyin hazm bo‘ladigan ovqatlarni yeyish degani emas, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

🔸Sog‘lom ovqat deganda biz yengil hazm bo‘ladigan, organizm uchun yoqimli, foydali moddalarga boy bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilish talab etiladi. 

Реклама на Unews

🔸Hozirgi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan sog‘lom ovqatlanishning asosini meva va sabzavotlar tashkil qilishi tasdiqlangan. 

🔸Shuning uchun kuchli va baquvvat deb hisoblagan ovqatlardan o‘zingizni tiyganingiz va bermaganingiz ma’qul. Ularga dimlangan, yengil hazm bo‘ladigan, yaxshi termik ishlovga ega ozuqa mahsulotlarini bersangiz, oshqozonga zo‘riqish tushmaydi va o‘t dimlanishi ham yengilroq kechadi. 

🔸Kasallikni yengib chiqishda kerakli mikroelement va ozuqalarga boy ovqatlardan olish mumkin. Buning uchun yog‘li, qovurilgan va baquvvat ovqatlarni yeyish shart emas.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring