Konstitusiyaga o`zgarish kiritish haqidagi qonunni ishlab chiqish zarurati nimada?(video)

Adliya vazirligi bo`lim boshlig`i Alibek Rahmetov Konstitusiyaga o`zgarish kiritish haqidagi qonunni ishlab chiqish zarurati nimada ekanligiga oydinlik kiritdi:

 «Vazirlik tomonidan «Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida»gi qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi, Senat tomonidan ma`qullandi. Ushbu qonunda yillar davomida so`zga boy o`zbek tilida shakllanib kelayotgan, norma ijodkorligi faoliyatida juda muhim o`rin egallagan tushunchalarga aniqlik kiritildi.

 Ular o`z mazmuniga mos ravishda bayon etildi. Xususan, «qonun» so`zi. Hozirgi amaldagi tahrirga ko`ra, «qonun» deyilganda, qonunchilik hujjatlari bilan bog`liq tushunmovchiliklar bo`lgan bo`lsa, endilikda «qonun — Konstitusiyadan keyin turuvchi hujjat» sifatida belgilandi.

Реклама на Unews

Qonun hujjati sifatida esa Konstitusiya, qonunlar va Oliy Majlis palatalari qarorlari ta`riflanadi.

Atamalarga oid o`zgartirishlar — fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga yoki tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir qilmaydi».

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring