Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Ma’lumki, 2020-2021 o‘quv yili uchun O‘zbekistondagi kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari 2020 yil 20 noyabrdan 30 noyabrga qadar o‘tkazilgan. Bugun 17 dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari e’lon qilingan. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, abituriyentlar saralash imtihonlari natijalarini o‘zlari hujjat topshirgan ta’lim muassasalaridan bilib olishlari mumkin.

Shuningdek, saralash imtihonlari test sinovlari shaklida o‘tkazilgan kollej va texnikumlar natijalari Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan bo‘lib, abituriyentlarda texnikum.dtm.uz sayti orqali ham o‘z natijalarini bilish imkoniyati mavjud.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, saralash imtihonlari kollej va texnikumlarning 178 tasida test sinovlari, 176 tasida esa yozma yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida bo‘lib o‘tgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring