«Kobalt»ga sanitariya talablariga zid ravishda olib ketilayotgan qo‘y go‘shti aniqlandi

2021 yil 13 fevral kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 1983 yilda tug‘ilgan R.P. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatildi. Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan tekshirilganda avtomobil saloni va yukxonasida 15 bosh qo‘y go‘shtlarini Toshkent shahriga sotish maqsadida veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

IIV PPX va JTSBBning xabariga ko‘ra, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimi tomonidan fuqaro R.P.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan (veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish) ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan transportning poli va idishlar silliq, tozalash va dezinfeksiya qilish uchun qulay bo‘lishi, mahsulot sifati va iste’molchilar salomatligiga ta’sir ko‘rsatmaydigan materiallardan yasalgan bo‘lishi kerak. Barcha toifadagi hayvonlar so‘yilganidan so‘ng ularning go‘shti va boshqa mahsulotlarini veterinar ekspertizadan o‘tkazilishi shart.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring