"Kobalt" haydovchisiga "Spark" tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik haqida jo`natilgan jarima xati bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqda “Kobalt haydovchisiga Spark tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik xati kelibdi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi.

 IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, video lavhada ko`rsatilib o`tilgan jarima solish to`g`risidagi qaror o`rganilganda, Farg`ona viloyati IIBB YHXB mas`ul xodimi tomonidan xatolikka yo`l qo`yilgani aniqlangan. Ya`ni, 2021 yilning 12 yanvar kuni soat 13:41da Farg`ona viloyati, “Sohibqiron ko`chasi” yo`nalishida 1969 yilda tug`ilgan, “Spark” rusumli, 10 S 715 RA raqamli avtomobil haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo`ysunmasdan harakatlanganligi maxsus moslama yordamida qayd etilgan. Qayd etish vaqtida avtomatik tarzda 40 S 715 RA raqamdagi “R” harfi “R” bo`lib, 40 S 715 RA raqami bilan qayd etilganligi, mas`ul nazoratchining e`tiborsizligi sabab, ushbu jarima “Kobalt” rusumli, 40 S 715 RA davlat raqam belgili avtomobil egasining yashash manziliga yuborilganligi ma`lum bo`lgan.

Ayni vaqtda ushbu qoidabuzarlik yuzasidan “Kobalt” rusumli, 40 S 715 RA davlat raqam belgili avtomobil mulkdori M.M.ga nisbatan tasdiqlangan jarima solish to`g`risidagi qaror belgilangan tartibda bekor qilingan.  

Реклама на Unews

Shuningdek, ushbu xatolikka yo`l qo`ygan nazoratchi mas`ulga nisbatan Farg`ona viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring