Kitob tuman elektr ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslari ushlandi

«Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJga qarashli Kitob tuman elektr ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslari mansab vakolatini suiiste’mol qilgani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Qayd etilishicha, «Bistimplex» MChJ hamda Kitob tumani elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida 2019-yil 1-avgust kuni energiya ta’minoti bo‘yicha shartnoma tuzilgan.

Unda texnik shtat olingan quvvatni kamaytirib 1 kVt soat elektr energiyasi uchun 450 so‘m ko‘rsatilgan. «Bistimplex» MChJga tegishli 3 dona transformatordan faqatgina 1 donasi shartnomaga kiritilib, 2 tasi shartnoma va «Elektrhisob» dasturiga kiritilmagan.

Реклама на Unews

Bu bilan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari» talabiga zid harakatlar amalga oshirilgan.

Kitob tuman ETK xodimlari «Bistimplex» MChJ mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirib, texnik shart talablariga rioya qilmasdan, xizmat farmoyishisiz 3 dona transformatorni elektr tarmog‘iga ulab bergan, natijada, davlat manfaatlariga 6 mlrd. 948,4 mln. so‘m zarar yetkazilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Kitob tuman ETK mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan va «Bistimplex» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 1852-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring