Keyingi yilda test sinovlarida tushadigan savollar qaysi darsliklardan olinishi e`lon qilindi

2020-2021-o`quv yilida umumta`lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar maktablarida qo`llanilayotgan darslik va o`quv-metodik qo`llanmalar ro`yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e`lon qilindi. Bu haqda Davlat Test Markazi xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida o`qitilayotgan umumta`lim fanlari bo`yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro`yxati Davlat test markazining Xalq ta`limi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro`yxatini https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda olishingiz mumkin.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring