Keles yo`li bugundan noma`lum muddatga yopildi

Toshkent tumani avtomobil yo`llarida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan, tuman hokimining qaroriga asosan 26 oktyabr 24:00 dan boshlab ta`mirlash ishlari tugaguniga qadar, (4R-4 «Toshkent sh.-Keles sh.-Qozoqkentsoy q.-M39 avtoyo`li 820 km» avtomobil yo`lining 0-2 kilometrlari) Keles ko`prigi (Toshkent xalqa yo`li)dan 9-son umumiy o`rta ta`lim maktabi oldigacha bo`lgan qismida transport vositalari harakati vaqtinchalik to`liq to`xtatiladi. Bu hada Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu yo`nalishda harakatlanadigan avtomototransport vositalarining harakati vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog`i hududidan o`tgan 4N-699 hamda M.Fozilov jamoa xo`jaligi hududidan o`tgan 4R-4 avtomobil yo`llari orqali 4K-708a avtomobil yo`li orqali tashkil etiladi (suratda yashil rangda).

Реклама на Unews

"YPX inspektorlari tomonidan ko`rsatiladigan yo`nalishlar bo`yicha harakatlanishga, tartib intizom saqlab, harakatlanish xavfsizligini ta`minlashga hissa qo`shing", deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring