Kasbida maktab o`quvchilari ham stipendiya oladi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida joylashgan 11-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabining 7-B sinf o`quvchilari stipendiya oladi. Bu haqda maktabning telegram tarmog`idagi o`z sahifasida e`lon qilingan

Xabarda aytilishicha, stipendiya ota-onalarning shaxsiy tashabbusi bilan yo`lga qo`yilgan. Ushbu stipendiya har oy eng a`lo baholarda o`qigan 2 nafar o`quvchiga ajratiladi.

“Biz o`quvchilar bilan haftalik monitoring o`tkazamiz. Oy so`nggida monitoring natijalarini tahlil qilib g`olibni aniqlaymiz. Bu tizim hozircha bitta sinf uchun. Homiylar topilsa boshqa sinflar uchun ham stipendiya joriy qilmoqchimiz”,– deydi Kasbi tuman 11-IDUM direktori Azizjon Kamolov. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring