Karantin! Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan kafe fosh qilindi

Buxoro shahrida karantin holatida faoliyat yuritgan oshxona aniqlandi, deb xabar qilmoqda  Buxoro viloyati IIB axborot xizmati. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 28 may kuni kechasi Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Buxoro shahridagi kafelardan biri ishlayotgani aniqlangan.

"Kafe ish yurituvchisi H.A. karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, kafeda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida yashovchi fuqarolar G‘.O., U.A., D.H. va M.M. larning ovqatlanishlari uchun sharoit yaratib, ular bilan birgalikda o‘zi spirtli ichimlik ichib, ovqatlanayotganligi aniqlandi", — deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Kafe ish yurituvchisi va mijozlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring