​JSST rahbari pandemiya tugashiga oz qolganini ma`lum qildi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesusning navbatdagi bayonoti ko`pchilik uchun umidbaxsh yangilik bo`ldi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, o`tgan haftada dunyoda COVID-19 oqibatida hayotdan ko`z yumganlar soni 5-11 sentyabr sanalariga nisbatan 22 foizga kamaygan. Bu 2020 yilning mart oyidan buyon qayd etilgan eng past ko`rsatkichdir. 

Shuningdek, kasallikka chalinganlar miqdori ham 28 foiz pasaygan. Ya`ni o`tgan hafta davomida 3,1 million nafardan ziyod kishiga koronavirus tashxisi qo`yilib, ulardan qariyb 11 ming nafari vafot etgan.

“Biz avval pandemiya yakuniga bu qadar yaqin kelmagandik, — deydi JSST rahbari. — To`g`ri, hali koronavirus yo`qotish va talafotlarni keltirib chiqarishda davom etmoqda. Ammo hademay uni to`liq jilovlashga muvaffaq bo`lamiz”.

 

Tahlillarga ko`ra, kasallikni yuqtirish bilan bog`liq asosiy pasayish dinamikasi G`arbiy Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida kuzatildi — 36 foiz

Shuningdek, bemorlar soni Afrikada 33 foiz, Shimoliy va Janubiy Amerikada 27 foiz, Evropada 31 foiz, Janubi-Sharqiy Osiyoda 25 foiz kamaygan. O`lim ko`rsatkichlari ortishi esa faqat Afrika qit`asi davlatlarida kuzatilgan xolos — 10 foiz.

5-11 sentyabr kunlari infeksiyani eng ko`p yuqtirgan bemorlar Yaponiyada ro`yxatga olindi —  qariyb 538 ming nafar. Keyingi o`rinni 436 mingga yaqin ko`rsatkich bilan Janubiy Koreya band etdi. AQSh esa 430 mingdan ziyod holat bilan uchinchi pog`onaga ko`tarildi. 

Dunyoda COVID-19dan o`lim ko`rsatkichlarining katta qismi AQShda qayd etildi — 2 ming 306 nafar. Ikkinchi o`rinda — Yaponiya. Mamlakatda hafta davomida 1,6 mingdan ziyod bemor xastalikdan vafot etdi. Rossiyada esa bu ko`rsatkich 637 nafarni tashkil etdi. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring