JSST maymun chechagi epidemiyasini favqulodda holat deb e`lon qildi

Bundan bir oy avval Butunjahon sog`liqni saqlash tarmog`i (WHN) maymun chechagi global ofatga aylanishining oldini olish uchun zudlik bilan tegishli profilaktik choralar ko`rishga chaqiruvchi deklarasiyani e`lon qilgan edi.

 

“Biz bu orqali kasallikni jilovlashimiz mumkin. Buning uchun infeksiya simptomlari va asoratlari, ehtiyot choralari haqida aholini kengroq xabardor qilishimiz zarur. JSST ham bu borada shoshilinch chora-tadbirlarni belgilashi shart” — deyilgandi mazkur hujjatda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

 
 

Mana, kuni kecha Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus  Favqulodda vaziyatlar qo`mitasining ikkinchi yig`ilishini chaqirdi.

Реклама на Unews

Unda qayd etilganidek, mazkur virus hozirgacha dunyoning 75 mamlakatida ro`yxatga olingan. Xastalik tasdqlangan bemorlar soni esa 16 mingdan oshadi.

Epidemiyadan eng ko`p Evropa mamlakatlarida yashovchilar aziyat chekyapti. Boshqa mintaqalarda ham kasallik avj olishi xavfi mavjud.

Shundan kelib chiqib, JSST maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e`lon qildi.

Реклама на Unews

Ayni paytda xastalikka qarshi kurashish va uning oldini olish uchun qator tavsiyalar ishlab chiqilgan va epidemiologik vaziyatni nazoratga olish choralari ko`rilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring