JSST koronavirusni tarqatuvchi asosiy aybdorlarni e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa byurosi ma’lum qilishicha, emlanmagan odamlar COVID-19 ning asosiy tarqatuvchisi hisoblanadi.

JSST emlash huquqiga ega bo‘lgan barcha odamlarni to‘liq kursni o‘tishga chaqirdi.

«Bu, ayniqsa, 60 va undan katta yoshdagilar, shuningdek, immuniteti zaif kishilar kabi guruhlar uchun juda muhimdir», – deb ta’kidladi byuro.

Реклама на Unews

JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar profilaktika choralari samaradorligini tasdiqlaydi. Xususan, niqob tartibi va binolar havosini almashtirish foydali, ammo ular boshqa choralar bilan birga amalga oshirilsa, samarasi ortadi.

JSSTning qo‘shimcha qilishicha, fuqarolarning maksimal himoyasi niqoblardan foydalanish, qo‘l va nafas olish a’zolari gigiyenasi, masofani saqlash, binolarni ventilyasiya qilish, shuningdek, karantin, izolyasiya va koronavirus infeksiyasining oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha bir qator boshqa chora-tadbirlar bilan ta’minlanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring