JSST: COVIDning Britaniya va Janubiy Afrika turlari kasallikning og`irligiga ta`sir ko`rsatmaydi, ammo...

Buyuk Britaniyada va Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirus mutasiyalari kasallikning og`irligiga ta`sir qilmaydi, ammo tezroq yuqishi mumkin. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tadqiqotchilari ta`kidladilar, deya yozmoqda ntv.ru.

“Yaxshi xabar shundaki, ushbu variantlarning hech biri og`irroq kasallik keltirib chiqarmaydi. Transmissiya kuchayishi mumkin. Ammo bu mavjud himoya choralari ishlamaydi degani emas. Ular haqiqatdan ham ishlaydi", deydi JSST Favqulodda vaziyatlar bo`limi texnik guruhi rahbari Mariya van Kerkxove.

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti Britaniya va Janubiy Afrika olimlari bilan koronavirus mutasiyalari bo`yicha hamkorlikni davom ettirmoqda. JSST Britaniyalik yuqumli kasalliklar bo`yicha mutaxassislar deyarli real vaqtda koronavirusning yangi turi to`g`risida ma`lumot berishlarini ta`kidladilar. JSST shuningdek, allaqachon ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi emlashlar koronavirus infeksiyasining yangi turlaridan himoya qilishda ham samarali ekanligini ta`kidladi.

Реклама на Unews

 "Hozirgacha ishlab chiqilgan vaksinalar ushbu koronavirus turlariga qarshi samarali bo`lmaydi degan aniq ko`rsatma yo`q. Izlanishlar davom etmoqda. Hozirgacha dalillar ushbu vaksinalar hali ham samarali ekanligini ko`rsatmoqda", deydi JSSTning Favqulodda vaziyatlar bo`yicha direktori Maykl Rayan.

JSST mutaxassislarining ta`kidlashlaricha, yangi shtammlar ilgari muomalada bo`lganlardan "tubdan farq qilmaydi". Shuning uchun infeksiya tarqalishining oldini olish bo`yicha ilgari tavsiya etilgan chora-tadbirlar hali ham dolzarbdir: masofani saqlash, binolarni tez-tez shamollatish, niqob kiyish, ijtimoiy aloqalar sonini kamaytirish.

Eslatib o`tamiz, avvalroq JSST Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus mutasiyasi 40 dan ortiq mamlakat va hududlarga tarqalgani haqida xabar bergan edi. Va "501Y.V2" nomi bilan tanilgan Janubiy Afrikalik shtamm 7 mamlakatga tarqaldi. Buyuk Britaniyada uchinchi karantin joriy etilganligi e`lon qilindi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring