BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Joriy yilda 174 mlrd. so`m qiymatida avtoraqamlar sotilgan

2022 yilning 6 oyi davomida O`zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 174,0 mlrd so`mlik 77 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi. Bu haqda Tovar-xomashyo birjasi axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 10 foizga, hajmi bo`yicha – 27 foizga o`sgan.

 

O`tgan davrda tuzilgan bitta bitimning o`rtacha qiymati 2,2 mln so`mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 93 foizi jismoniy shaxslar, 7 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 545,4 ming so`mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 348,0 mln so`mni tashkil qilgan.

 

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 29 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 foizi ikkinchi, 13 foizi uchinchi, 9 foizi to`rtinchi, 12 foizi beshinchi va 15 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga to`g`ri kelgan.

Hududlar kesimida eng ko`p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (45 foiz), Samarqand (8 foiz), Buxoro, Farg`ona va Qashqadaryo (6 foizdan) viloyatlarida xarid qilingan.

Eslatib o`tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag`larning 80 foizi O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag`batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg`armasiga yo`naltiriladi.

 

Fikr qoldiring