Jizzaxdagi mudhish YTHda ikki kishi yonib ketdi

Jizzax viloyati Forish tumani “Uchma” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan “Jizzax - Forish - Qizilcha” 4R-36 yo‘lining 85- kilometrida yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. 

Navoiy viloyati Nurota tumani Sintop qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi J.S. boshqaruvidagi Cobalt Forish tumani Qo‘lba qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Z.D. boshqaruvidagi “GAZ-31” bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Cobalt`da yong‘in kelib chiqdi va ushbu avtomashina haydovchisi J.S. hamda yo‘lovchi X.G. kuyish jarohatidan vafot etgan. Xuddi shunday, “GAZ-31” haydovchisi B.T. tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan.

Реклама на Unews

Mazkur avtomashinada bo‘lgan haydovchining hamqishlog‘i yo‘lovchi I.E. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring