Jizzaxda maktab o‘quvchilari va talaba qizlar mushtlashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahrida bir necha qizlar o‘rtasida janjal bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kelishmovchilikka Sharof Rashidov tumanidagi umumta’lim maktablaridan birida o‘qiydiganlar tomonidan ochilgan Telegram kanalidagi o‘zaro yozishmalar sabab bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, ayni paytda 9 nafar qiz ishtirokida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, qonunbuzarlar yoki ularning ota-onalariga tegishli huquqiy choralar ko‘riladi. 

Реклама на Unews

Ushbu mushtlashuvda o‘rta umumta’lim hamda kasb-hunar maktablari o‘quvchilari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari talabalari qatnashgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring