Jizzaхda hayvon go`shtlarining yagona elektron ma`lumotlar bazasi axborot tizimi tajriba-sinov tariqasida ishga tushirildi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi bo`lim boshlig`i Alisher Safarov ishtirokida “Veterinariya sohasida so`ngi besh yilda amalga oshirilgan islohotlar samaradorligi” mavzusida brifing bo`lib o`tdi. 

Qayd etilishicha, sohani rivojlantirish yuzasidan so`ngi besh yil ichida 2 ta Prezident farmon 6 ta Prezident qaror (PF-5067, PF-5696, PQ-3026, PQ-3703, PQ-4254, PQ-4512, PQ-4576, PQ-5017), 4 ta Prezident majlis bayoni va Hukumatning 30 ga yaqin qarorlari qabul qilindi. Sohaga oid 100 dan ortiq normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar ishlab chiqildi.

So`nggi besh yil mobaynida Butun Jahon hayvonlar sog`ligini himoya qilish tashkiloti bilan O`zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasining o`zaro manfaatli hamkorligi mustahkamlanib borilmoqda.

Реклама на Unews

Veterinariya va chorvachilik sohasi bo`yicha har bir jarayonlarni takomillashtirishda eng avvalo raqamlashtirish, inson omilini maksimal darajada qisqartirish va shaffof shart-sharoitlar yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Jumladan:

- veterinariya sohasiga axborot tizimlarini joriy etish bo`yicha Qo`mitaning “VIS” axborot platformasini yaratish bo`yicha maqsadli reja qabul qilindi;

- Ushbu platformada 20 ga yaqin axborot tizimlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish ustuvor vazifa sifatida belgilandi;

Реклама на Unews

- Bugungi kunda axborot tizimlarining 9 tasi amaliyotga joriy qilindi.

Veterinariya xizmatlarini ko`rsatilishini takomillashtirish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 maydagi “Veterinariya faoliyatini lisenziyalash bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning ma`muriy reglamentini tasdiqlash to`g`risida”gi 328-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Veterinariya faoliyatini lisenziyalash bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi.

Shuningdek, VIS-LICENSE – davlat xizmatlarini ko`rsatish uchun elektron hujjat almashishni ta`minlovchi veterinariya faoliyatini lisenzilash axborot tizimi ishlab chiqildi. Va bu axborot tizimida veterinariya xizmati ko`rsatuvchilar reestri shakllantirilmoqda.

Shuningdek, mamlakatimizda So`yish korxonalari faoliyatini tartibga solish, fermer xo`jaliklari va uy sharoitida so`yishni kamaytirish bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Respublikada aholini sifatli go`sht va go`sht mahsulotlari bilan ta`minlash hamda oziq-ovqat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida 2019 yil 8 maydagi “Ixtisoslashtirilgan so`yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste`mol bozoriga go`sht va go`sht mahsulotlarini etkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumatning 386-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Ixtisoslashtirilgan so`yish korxonalari uchun veterinariya, veterinariya-sanitariya norma va qoidalari;

Hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bo`yicha veterinariya-sanitariya norma va qoidalari;

respublika hududlarida hayvonlarni so`yish va teriga birlamchi ishlov berish bo`yicha tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan chorva mollarini so`yish bo`yicha ixtisoslashtirilgan so`yish korxonalari tashkil etish parametrlari tasdiqlanib, bugungi kungacha bunday ixtisoslashgan so`yish korxonalari soni 100 dan oshishiga erishildi.

Tijorat maqsadlarida hayvonlarni uy sharoitlarida so`yish ta`qiqlanib, faqatgina ixtisoslashgan so`yish korxonalarida so`yish belgilandi.

Shuningdek, VIS-BILLUR – Veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan so`yilgan hayvon go`shtlarining yagona elektron ma`lumotlar bazasi axborot tizimi yaratilib, ayni paytda Jizzaх viloyatida tajriba-sinov tariqasida ishga tushirildi.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring