Jizzaxda 14 nafardan ziyod haydovchi qorda qolib ketdi

Noqulay ob-havo, qor, yo‘llardagi muzlama haydovchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

FVV Jizzax viloyati boshqarmasi qutqaruchilari tomonidan Do‘stlik, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida qorga tiqilib qolgan avtomobillar chiqarib olinib, 14 nafardan ziyod haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatildi.

Yo‘llar muzlash oqibatida  sirpanchiqlar yuzaga kelishi, tuman tushishi va ko‘rinish darajasining yomonlashuvi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan haydovchi va yo‘lovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring