Jek Ma endi Xitoyning eng boy uch odami qatorida emas

Xitoyda boyligi dollarda hisoblangan milliarderlar soni ming nafardan oshdi va mamlakat bunday ko‘rsatkichga erishgan dunyodagi eng birinchi davlatga aylandi. Biroq Alibaba Group Holding Ltd asoschisi Jek Ma Xitoyning eng boy odami maqomidan ayrildi va mamlakat miqyosidagi eng boy milliarderlar uchligidan ham tushib qoldi. Bu haqda Shanxayning Hurun tadqiqot instituti China Rich List reytingida ma’lumot berib o‘tilgan, deb yozmoqda «Interfaks», deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

2021 yil boshida Xitoydagi dollar milliarderlari soni 1,058 ming nafarni tashkil etgan, 2020 yil davomida ularning soni 259 nafarga ko‘paygan. Hurun reytingiga ko‘ra, butun dunyoda 2020 yil davomida milliarderlar soni 412 nafarga ko‘payib, 3,228 mingtaga yetgan.

Jek Ma Xitoy milliarderlari reytingidan to‘rtinchi o‘ringa tushib qolgan. Maning boyligi o‘tgan yilda 22 foizga ko‘paygan va 360 milliard yuan yoki 55,6 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

Реклама на Unews

Jek Ma Alibaba boshqaruvining raisi va Xitoydagi moliyaviy texnologiyalar sohasidagi eng katta kompaniya Ant Group’ning asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi. Ammo u Xitoy hukumatining moliyaviy boshqaruv tizimini tanqid qilgani tufayli muayyan vaqt davomida omma oldida ko‘rinish bermagan.

Boyligi 550 milliard yuanni (85 milliard dollar) tashkil qilgan Nongfu Spring shisha idishdagi suvlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning egasi Chjun Shanshan Xitoyning eng boy odami bo‘lib turibdi. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni mos ravishda Tencent Holdings Ltd. asoschisi Poni Ma (480 milliard yuan) va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi operatori Pinduoduo Inc. egasi Kolin Xuan (450 milliard yuan) egallagan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring