Jazirama yaqin... O`zbekistonda 16 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

«O`zgidoromet» xizmati 16 aprel, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–11 daraja iliq, kunduzi 23–25 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo`ladi.

Реклама на Unews

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–14 daraja iliq, kunduzi 22–27 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo`ladi.

Реклама на Unews

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 22–27 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring