BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Jahongir Ortiqxo‘jayev “Tashkent Sity”ga kirish nega pullik qilinganini aytdi (VIDEO)

Aholining "Tashkent City" majmuasiga kirishi pullik bo‘ldi. Ya’ni, kattalar uchun chipta narxi — 10 ming so‘m, bolalar uchun — 5 ming so‘m, yengil avtomobilda kirish — 20 ming so‘m etib belgilandi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Poytaxtdagi eng muhtasham bog‘, deya tariflanayotgan hududni tomosha qilish uchun belgilangan bu me’yorlar ijtimoiy tarmoqlarda keskin norozilik uyg‘otmoqda. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Rost24.uz muxbiriga ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.  

– “Tashkent Sity”ga kirishni pullik qilishga hokim sifatida qanday qaraysiz?

– Parklarni saqlab turishning boshqacha chorasi yo‘q. Misol uchun, shuncha daraxtlar ekilgan, shuncha energiya ketadi, boshqachasiga bilmayman, qanday bo‘ladi.

– “Tashkent Sity”ning qurilishga xarajat ham ko‘p ketganmi?

– Ancha xarajat ketgan. Buni saqlab turishning o‘zi qiyin masala.

– Bularni saqlab turish uchun bir oyda qancha xarajat ketadi?

– 900 million so‘m ketadi. Bir kunda har bitta fontanni otilishiga 1 million ketadi.

– Buning uchun byudjetdan pul ajratilmaydimi?

– Byudjetdan pul ajratilmaydi. Chunki soliq to‘lovchilar kirsa-kirmasa pul to‘lamaydi-ku, to‘g‘rimi? Kirgani to‘lasa, shunda adolatli bo‘lsa kerak. Ya’ni byudjet soliq to‘lovchilarning hisobiga shakllanadi. Odamlarda haqli ravishda savol tug‘iladi: “Umuman “Tashkent Sity”ga kirmasam nima uchun men to‘layotgan soliqdan pul to‘layapsilar”, deyishi mumkin. Shuning uchun o‘zini-o‘zini boqqani aktual, menimcha.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

3 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 19-12-2020 cayot

    Bitta sovolde odamla o'sha ordona qogur sitiga kirmasa rarxodlani kimni hisobidan undiriladi, sitidagi uylaga yaqinlashib bo'masa narh navosi oddiy aholi uchun qo'l bilan tugul hayol bilanam yètolmaydigan joyda bo'lsa, endi tamosha qilishniyam bira to'la taqiqlab qo'ya qolila, bunaqa savollaga javob berishdanam qutulib qo'yaqolasila

    Javob yozish
  2. 19-12-2020 *******

    Охиратни хам уйланглар Хар Бир килган ишларинг учун жавоб берасизлар У дунеда шунча туплаган пулларинг ердам бермайди килган савоб ва яхши амалларинг ердам беради Иншаллох

    Javob yozish
  3. 19-12-2020 Anora

    Togrisi hokimni gaplariga umuman tushunmadim

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish