Istanbulda portlash sodir qilgan shaxs qo‘lga olindi

Istanbulda sayyohlar orasida ommabop bo‘lgan Istiqlol ko‘chasiga bomba o‘rnatgan shaxs qo‘lga olindi, u Anqara terroristik tashkilot deb hisoblaydigan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP)ga aloqador, deb taxmin qilinmoqda. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi.

«Avvalroq 21 kishi qo‘lga olindi. Bomba qo‘ygan odam hibsga olindi… Eng yaqin vaqtlarda bizga bu og‘riqni keltirganlar yanada ko‘proq azobga duchor etiladi», — dedi u.

 

Shuningdek, uning ma’lum qilishicha, 81 nafar jabrlanuvchining 50 nafari kasalxonadan chiqarilgan, besh kishi reanimasiyada yotibdi, ikki kishi — og‘ir ahvolda. Avvalroq olti kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Реклама на Unews

Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi portlash 13 noyabr kuni 16:20 (Toshkent vaqti bilan 18:20) atrofida yuz berdi. Voqea sodir bo‘lgan Istiqlol ko‘chasi piyodalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sayyohlar orasida eng ommabop joylardan biri hisoblanadi. U to‘liq yopib qo‘yilgan, shuningdek, o‘sha yerga yaqin joydagi Taksim masjidi ham yopilgan.

Turkiya vise-prezidenti Fuat Oktay bombani ayol kishi portlatganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning voqea terakt deb hisoblanishi haqidagi bayonotini tasdiqladi. Turkiya Radio va televideniye oliy kengashi mahalliy OAVlarga portlash videolarini namoyish qilishni taqiqladi. Shunga qaramay, internetda portlashning taxminiy sababchisi aks etgan tasvirlar tarqaldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring