Ishlab chiqarishni to`xtatgan shakar zavodlarida xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo`shatish boshlandi

“Angren shakar” va “Xorazm shakar” ma`suliyati cheklangan jamiyatlari  shu kunlarda ommaviy ravishda xodimlarini ishdan bo`shatishni boshladi. Bu haqda O`zA  "Angren shakar" MChJ matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi.

Ayni paytgacha, 130 nafardan ziyod xodim ishdan bo`shatilgan. Ularning ma`lum qilishicha, “Angren shakar” va “Xorazm shakar” zavodlari yil oxiriga qadar deyarli barcha ishchilarni ishdan bo`shatishni mo`ljallagan.  

Ma`lum qilinishicha, hozirda ikkita zavodda  jami 2000 nafardan ziyod ishchi xodimning daromadsiz qolish xavfi tug`ilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring