Ishchilar majburiy hasharga jalb qilinmaydi. «Mahalla» jamg`armasiga pul o`tkazish ham xodimning xohishiga bog`liq

AOKAdagi matbuot anjumanida ma`lum qilinishicha, 13 mart kuni umumxalq xayriya hashari o`tkazishga doir hukumat farmoyishida quyidagilar alohida qayd etilgan:

  •  umumxalq hashari doirasida bo`lmagan boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta`mirlash va qishloq xo`jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat`iy yo`l qo`yilmagan holda obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish;
  • avtomobil yo`llari, harakatlanish tig`iz bo`lgan ko`chalar, suv ob`ektlari, qirg`oqbo`yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish ob`ektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog`lig`iga xavf tug`ilishi yuzaga kelishi mumkin bo`lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o`tkazish taqiqlanganini qatiy nazoratga olish;  
  • ushbu targ`ibot-tashviqot tadbirlarida joylarda ish beruvchilar tomonidan hasharda ko`zda tutilgan ishlar uchun ishchilarni majburiy tarzda jalb etishga mutlaqo yo`l qo`ymaslik, shunday holatlarga yo`l qo`ygan mutasaddilarga jazo choralarini qo`llash.

 

 Farmoyishga ko`ra, hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning ixtiyoriy mablag`lari «Mahalla» xayriya jamoat fondining bankdagi hisobvaraqlariga o`z tashabbuslariga ko`ra o`tkazilishi tavsiya etilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring