Investor va shifokorlar O`zbekistondagi shifoxonlari faoliyati bilan tanishdi

Yaqinda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi Nosirbek Abdullaxanov boshchiligidagi Namangan viloyati delegasiyasi Ozarbayjonda bo`lib,M.Topchubashev nomidagi ilmiy-jarrohlik markazi va Boku markaziy klinikasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o`tkazgan edi. Bugun ushbu muloqotlar o`zining ijobiy samarasini bermoqda. 

Xususan, kuni kecha Boku markaziy klinikasi Ortopediya va travmatologiya, sport tibbiyoti va fizioterapiya markazi rahbari Elviz Gasimov, “Huner group” boshqaruv raisi Ehtiram Guliev, “Romatem” shifoxonalar tarmog`i asoschisi va raisi doktor Koksal Hololo`g`lu poytaxtimizdagi xususiy tibbiyot muassasalari, shu jumladan, “Medion” klinikasi faoliyati bilan tanishdi. 

Dastavval bo`lib o`tgan muloqot chog`ida bugungi kunda mamlakatimizda sog`liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar davlat siyosatining bosh maqsadiga aylangani, bu borada qator me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, sohaning barcha yo`nalishlarini kompleks rivojlantirish bo`yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani to`g`risida ma`lumot berildi. 

Реклама на Unews

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari tomonidan xususiy tibbiyot muassasalariga qo`shimcha shart-sharoit va imtiyozlar berilayotgani natijasida mamlakatimizda tibbiyotning xususiy sektori rivojlanib borayotgani ta`kidlandi. Shuningdek, muloqotda xodimlar malakasini oshirish, o`zaro tajriba almashish borasidagi hamkorlik masalalariga ham urg`u berildi. 

Mehmonlar xususiy klinika faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, bu erda barcha tibbiy xizmatlar ko`rsatilayotgani, nafaqat bemorlar, balki soha mutaxassislari uchun yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi. Yana bir jihat, xizmat ko`rsatish borasidagi naxrlarning ancha arzonligini alohida e`tirof etdi.  Qolaversa, xorijiy mutaxassislarning ham faoliyat yuritishi va o`zaro tajriba almashishini ijobiy baholadi. 

Qolaversa, “Romatem” klinikasining O`zbekistonda filialini ochish, yirik reabilitasiya markazi faoliyatini yo`lga qo`yish hamda investisiya kiritish ishtiyoqi paydo bo`lganini bildirib, bir qator shifokorlarni tajriba almashish maqsadida Turkiyaga taklif qildi. 

Реклама на Unews

Shuningdek, yaqin kunlarda Boku markaziy klinikasi Ortopediya va travmatologiya, sport tibbiyoti va fizioterapiya markazi rahbari Elviz Gasimov tibbiyotning xususiy sektori faoliyati bilan yaqindan tanishish va ko`plab amaliy hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish maqsadida o`zbekistonlik hamkasblarini Bokuga taklif qildi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring