Internet tarmoqlarida tarqalgan "yashirinchi ko'milgan" Koronavirus qurbonlari videosiga izoh berildi!

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida shubhali dafn marosimi uyushtirilgani tasvirlangan video tarqaldi. Ushbu holatga tuman hokimligi munosabat bildirdideb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«Mirzaobod tumanida istiqomat qilgan E.O‘. ismli fuqaro, joriy yilning 13 iyul kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam Sirdaryo viloyat filialiga noma’lum isitma tashxisi bilan tushgan.

14 iyul kuni kechasi yurak ishemik kasalligi gipertoniya kasalligi xuruji oqibatida vafot etgan.

Реклама на Unews

Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi, viloyat SEOM epidemiologlari va boshqa taaluqli mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, labarotoriya tekshiruvlari mavjud bo‘lmasada koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan degan taxminiy tashxis qo‘yilgan.

Tuman aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va ko‘payishining oldini olish maqsadida viloyat mutaxassislari tavsiyasiga ko‘ra vafot etgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 mart kuni tasdiqlangan «Koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar jasadini dafn etish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vaqtinchalik qoidalar to‘g‘risida»gi buyrug‘i asosida dafn qilish ishlari amalga oshirildi.

Mayitni dafnga tayyorlash va dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish musulmonchilik qoidalari asosida Shoshilinch tibbiy yordam markazida amalga oshirildi.

Реклама на Unews

Dafn marosimida ishtirok etgan marhumning 10 nafar qarindoshlari, SEOM mutaxassislari, mahalla raisi va huquq tartibot organi vakillari xavfsizlik nuqtai nazaridan himoya vositalari bilan ta’minlandilar.

Dafn marosimi diniy idora vakillari ishtirokida musulmonchilik qonun-qoidalari asosida 2020 yil 15 iyul kuni o‘tkazilgan», deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 18 iyulda ilk bor Sirdaryoda koronavirusdan o‘lim holatini qayd etgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring