Insonlarni o‘limdan saqlab qolgan kalamush oliy mukofot bilan taqdirlandi (foto)

Kambodjada portlamay qolgan yer ustidagi minalarni topib aniqlashda ishtirok etgani uchun Magova laqabli xaltali kalamushga jonivorlar uchun maxsus medal topshirildi. «Ria.ru» jasur sapyorning fotosuratlarini taqdim etdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Magova «PDSA Gold Medal» oltin medalini olgan birinchi kalamush sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.

Реклама на Unews

Medal Buyuk Britaniyadagi oliy fuqarolik mukofoti — Georg xochining analogi hisoblanadi.

Реклама на Unews

Ushbu mukofot Kambodjada halokatli yerusti minalarni aniqlash va zararsizlantirish orqali insonlar hayotini saqlab qolishdek ko‘rsatgan sadoqati uchun topshirildi.

Magova so‘nggi yetti yildan beri minalarni izlash bilan shug‘ullanadi.

Karerasi davomida 38 ta yerusti va 28 ta portlamay qolgan o‘q-dorilarni aniqlagan.

Tennis korti kattaligidagi maydonda o‘q-dorilar bor-yo‘qligini tekshirish uchun metall izlovchi asbob yordamida odam to‘rt kungacha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Magovaga esa bor-yo‘g‘i yarim soat kifoya qiladi.

Jonivorni o‘rgatish ishlari bilan Tanzaniyadagi APOPO xayriya tashkiloti shug‘ullangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring