Insoniyatni koronavirusdan ming barobar kuchliroq “superqiruvchi” virus ta’qib qilmoqda!

Amerikalik shifokor Maykl Greger yaqin kelajakda sayyoramizda dunyo aholisining yarmini yo‘q qiladigan yangi kasallik paydo bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Aytishicha, yangi parranda grippi bilan solishtirganda hozirgi koronavirus hech narsa bo‘lmay qoladi.

Bunga esa odamlarning hayvonlarga bo‘lgan munosabati, ya’ni ularni haddan ortiq iste’mol qilishlari sabab bo‘ladi, deya xabar beradi The Daily Star.

Реклама на Unews

Xususan, insoniyat yana bir zoonotik infeksiyani yuqtirishi mumkin.

Gregerning ta’kidlashicha, insoniyat yangi virusga duch keladi, uning miqdori dunyoda allaqachon 24 milliardga yetgan bo‘lib, hozirda tovuqlar ichida yashamoqda.

Shifokor, minglab fermalarda tovuqlar tor sharoitda saqlanishiga, kimyoviy moddalar bilan oziqlanishiga e’tibor qaratdi, bu esa yangi pandemiya xavfini tug‘dirmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring