"InFinBank" Qashqadaryo viloyat filialining 4 nafar xodimida koronavirus aniqlandi

Xabaringiz bor, epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, 10 iyuldan 1 avgustgacha bo`lgan muddatda Respublika bo`yicha kuchaytirilgan karantin choralari e`lon qilindi,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri. 

Shu munosabat bilan, ATB "InFinBank" filiallari, xususan Qashqadaryo viloyat filiali ham 9 iyuldan buyon masofadan turib va onlayn tarzda mijozlarga xizmat ko`rsatish rejimiga o`tkazilgan. 

Bankning rasmiy saytida berilgan ma`lumotga ko`ra, profilaktika doirasida bank filiallarida barcha xodimlar koronavirusga testdan o`tkazilmoqda. Xususan,  Qashqadaryo viloyat filialining barcha xodimlari 13 iyul kuni testdan o`tkazilgan, test natijalari 14 iyul kuni ma`lum bo`lgan, musbat natija 9 iyuldan buyon masofadan turib ishlashga o`tkazilgan 4 (to`rt) nafar xodimda qayd etilgan va ular o`sha kuniyoq uy sharoitida to`liq izolyasiyaga olingan. Bu bo`yicha amaldagi epidemiologik protokol talablaridan kelib chiqib SEOA muassasasi xabardor qilingan.

Koronavirusga chalingan va uyda turib davolanayotgan to`rt nafar xodimning ahvoli hozir yaxshi,  ularning salomatligi tibbiyot xodimlari tomonidan monitoring va nazorat qilib turilibdi. 

Qashqadaryo viloyat filiali o`rnatilgan tartibda o`z faoliyatini davom ettirmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring